Bosh sahifaMaslahatlarQanday qilib maishiy texnikalarni o‘zimiz bilmagan holda ishdan chiqaramiz?

Qanday qilib maishiy texnikalarni o‘zimiz bilmagan holda ishdan chiqaramiz?


Hamma ham maishiy texnika vositalaridan foydalanishni boshlashdan oldin ularni ishlatish yo‘riqnomasini batafsil o‘rganmaydi. Ko‘pchilik ularni hatto ochib qaramaydi ham. Ammo oradan ko‘p o‘tmay, muzlatkich muzlatmay, kir yuvish mashinasi kiyimlarni yomon yuvishni boshlaydi. “Noviy ochag” nashri maishiy texnikalarning nima sabablarga ko‘ra tez ishdan chiqishini ma’lum qildi.

Kir yuvish mashinasi

Foto: “Noviy ochag”
  • Kir yuvish mashinasi ishdan chiqishining eng ko‘p uchraydigan sababi kichik bolalar paypoqlari va shunga o‘xshash kichik kiyimlardir. Bu kabi kirlar barabanga tiqilib qolmasligi uchun ularni maxsus kir yuvish xaltalariga solish tavsiya etiladi.
  • Cho‘ntaklarni tekshirishni unutmaslik lozim. Mayda buyum, shirinlik va saqichlar kir yuvish mashinasi uchun xavfli.
  • Barabanni ortiqcha yuklamang. Bunda kirlar yomon yuvilishi mumkin, balki ishlamay qolishi va vaqt o‘tishi bilan barabanning harakatlanishida ishtirok etadigan kamar uzilishi mumkin.
  • Tozalovchi mahsulotlarni ortiqcha ishlatmang. Ular mashinaning ichki qismini tozalash uchun zarur, ammo ular kimyoviy modda hisoblanadi, ulardan juda ko‘p foydalanish mashinaning muddatidan oldin eskirishiga olib keladi.
  • Vaqti-vaqti bilan kir yuvish mashinasini tekshirib turishi lozim. Unda nam kirlar qolib ketmasligi, kukun solinadigan idish yuvilishi, barabanning rezina tasmasi artib olinishi kerak. Bu mashina qismlarida mog‘or paydo bo‘lishining oldini oladi. Aks holda mashinada yoqimsiz hid paydo bo‘ladi.
Mikroto‘lqinli pech

Foto: “Noviy ochag”
  • Pechning devorlaridan yog‘ni olib tashlash orqali uni muntazam ravishda toza tutish kerak. Agar unda kir to‘planishiga yo‘l qo‘yilsa, slyuda plitasi haddan tashqari qizib ketadi yoki emal shikastlanadi. Natijada mikroto‘lqinli pechda uchqun va yorilish yuzaga keladi. Plastinka mikroto‘lqinli pechning yon devorida joylashgan, uning yog‘i tozalanganda juda qattiq ishqalamaslik kerak.
  • Mikroto‘lqinli pechni faqat unda biror bir mahsulot bo‘lganda yoqish mumkinligini unutmaslik lozim. Agar kamera bo‘sh bo‘lsa, magnetron sinishi mumkin.
  • Pech uchun mo‘ljallanmagan idishlarni, shuningdek, folgani ham ishlatmaslik tavsiya etiladi.
  • Pechga 50 grammdan kam ovqat qo‘ymaslik kerak. Agar mahsulot yengil bo‘lsa, yoniga bir stakan suv qo‘yish mumkin.
Idish yuvish mashinasi

Foto: “Noviy ochag”
  • Uzun narsalar mashina purkagichining aylanishiga to‘sqinlik qilmasligiga ishonch hosil qiling.
  • Maxsus tuzdan foydalanish tavsiya etiladi: u kalsiyni eritib, qattiq suvni yumshatadi. Bu mashinaning o‘zi uchun muhim, aks holda, vaqt o‘tishi bilan qismlar ichkaridan ohak bilan qoplanadi va ishlamay qoladi.
  • Quvur tiqilib qolmasligi uchun har doim oziq-ovqat qoldiqlarini tozalash kerak.
  • Agar mashina katta bo‘lsa, idish-tovoqlar ko‘p bo‘lmasa va bir nechta idish uchun to‘liq siklni ishlatishni xohlamasangiz, chayish dasturidan foydalanish mumkin. Natijada mashina ichida hech qanday yoqimsiz hid yuzaga kelmaydi.
  • Aksariyat hollarda idishlarning yaxshi yuvilmasligining sababi ularning noto‘g‘ri ishlashida emas, balki idishlarni noto‘g‘ri joylashtirish va mos bo‘lmagan dasturni tanlashdadir.
Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!