Bosh sahifaGoʼzallikQazg‘oqdan qanday qilib butunlay qutulish mumkin? Kosmetologdan tavsiyalar

Qazg‘oqdan qanday qilib butunlay qutulish mumkin? Kosmetologdan tavsiyalar


Sochlarning holati doimo kuzatib borilsa, shampunlarning yorliqlari diqqat bilan o‘rganilsa, umuman olganda, sochlarning parvarishi uchun hamma narsa qo‘llanilsa ham qazg‘oqlar yo‘qolmasa qanday yo‘l tutish kerak? “Noviy ochag” nashri mutaxassis bilan birgalikda tashqi ko‘rinishga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan ushbu muammoning yechimi haqda so‘z yuritdi.

Foto: Getty Images

Britaniyaning Saco salonlari tarmog‘ining bosh shifokori, dermatolog, trixolog, tibbiyot fanlari nomzodi Olga Grin qazg‘oqdan butunlay qutulishni ma’lum qildi.

Bu g‘amxo‘rlikdagi xatolar emas

Qazg‘oq— bu kasallik, uni kosmetik vositalar bilan davolab bo‘lmaydi. Qazg‘oqqa qarshi shampun yordam berishi mumkin, lekin vaqtinchalik, keyin muammo yana qaytalanadi. Shampunlarga ko‘p pul sarflagandan ko‘ra, bir marta shifokorga murojaat qilgan ma’qul. “Qazg‘oq bosh terisi ko‘chishi bilan tavsiflanadi. Bugungi kunda qazg‘oqlar o‘zini yashiradi. Bu, birinchi navbatda, muammoni to‘xtatib turadigan, ammo uni davolamaydigan dorivor shampunlarning keng qo‘llanilishi bilan bog‘liq”, — deydi mutaxassis.

Qazg‘oq paydo bo‘lishining sabablari

Sochni bo‘yash

Qazg‘oq sochlarni bo‘yashdan 3-4 kun o‘tgach paydo bo‘lishi mumkin. Qoida tariqasida, bosh terisi qichishishi va qizarishi bilan birga kuzatiladi. Odatda bu holat 2 haftadan ortiq davom etmaydi va o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi. Ammo doimo bo‘yoqlarga murojaat qilish oxir-oqibat hamma allergiya va surunkali yallig‘lanish bilan tugaydi.

Noto‘g‘ri tanlangan shampun

“Odatda noto‘g‘ri tanlangan shampun qo‘llangandan keyin teri ko‘chishi va qichishish darhol paydo bo‘ladi. Bunday holda, shampunni almashtirish tavsiya etiladi”, — deydi trixolog.

Oshqozon-ichak trakti bilan bog‘liq muammolar

“Oshqozon-ichak traktining to‘g‘ri ishlashi tiklanmaguncha, sog‘lom bosh terisi haqida unutish mumkin. Bu borada gastroenterolog bilan uchrashuvga yozilishni maslahat beramiz” , — deydi Olga Grin.

Yomon uglevodlar

“Tort, shokolad, shirinliklar, xamir ovqatlar iste’mol qilish va sochlarning yog‘lanishi fonida qazg‘oq paydo bo‘lishi o‘rtasidagi bog‘liqlik allaqachon isbotlangan. Buning sababi shundaki, yengil uglevodlar yog‘li soch follikulalarining ishini faol ravishda rag‘batlantiradi. Shuning uchun ulardan imkon qadar qochish tavsiya etiladi.

Qazg‘oqdan qanday qutulish mumkin?

Mexanik piling

Muntazam ravishda bosh terisini tozalash kerak, chunki qazg‘oq soch o‘sishiga xalaqit beradi.

Chuqur tozalovchi losyon

Maxsus losyonlardan foydalanishga harakat qilish lozim. Losyonni qo‘llagandan so‘ng darhol sochni yuvmaslik kerak, shifobaxsh komponentlarning chuqurroq kirib borishiga imkon berish tavsiya etiladi.

Kimyoviy piling

Piling — qazg‘oqqa qarshi kurashning eng samarali usuli. Salonlar va trixologik klinikalarda bosh terisi uchun maxsus yaratilgan glikolik kislotaga asoslangan kimyoviy piling protsedurasi mavjud. Yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega bo‘lgan piling muolajasi soch follikulalarini chuqur tozalashga yordam beradi.

Muammoga global yondashuv

Birinchidan, qazg‘oq quruq yoki yog‘li ekanini aniqlash kerak. Bosh yuvilgandan keyin bir yoki ikki kundan keyin quruq qazg‘oq paydo bo‘ladi, u osongina uchib ketadi, mo‘rtlik, soch to‘kilishi va bosh tersi qichishishi bilan birga kuzatiladi.

Uning paydo bo‘lishining sabablari: gormonal muammolar, noto‘g‘ri ovqatlanish, vitamin yetishmasligi, zararli odatlar, sifatsiz kosmetika. Agar qazg‘oq quruq bo‘lsa, unda B6 va PP vitaminlarini o‘z ichiga olgan vitamin komplekslarini ichishni boshlash, sabzavot, meva va dengiz mahsulotlarini iste’mol qilish, shuningdek, yuqori sifatli soch kosmetikasidan foydalanish kerak.

Yog‘li qazg‘oq yuvilgandan keyin uchinchi yoki beshinchi kuni o‘zini namoyon qiladi, u sarg‘ish va yopishqoq bo‘ladi. Bu bosh terisida yog‘ bezlarining yomon ishlashi va metabolizmning buzilishi tufayli paydo bo‘ladi. Yog‘li qazg‘oqdan doimiy ravishda xalos bo‘lish uchun organizmni toksinlardan tozalash, fastfud, yog‘li, shakarli, gazlangan ichimliklardan voz kechish, kerak bo‘lganda vazn yo‘qotish, gormonal darajani tekshirish, maxsus dorilarni retsept bo‘yicha ichishga harakat qilish va qazg‘oqqa qarshi tabiiy niqoblardan foydalanish mumkin.

Esingizda bo‘lsin, qazg‘oq paydo bo‘lishining sabablaridan qat’i nazar, jiddiy muammolarga uchramaslik uchun trixologga murojaat qilish kerak.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!