Bosh sahifaAyollar uchunBalenciaga oyoq kiyimlari bir umr xizmat qilishini isbotlash uchun atay eskirtirilgan kedalarni sotuvga chiqardi

Balenciaga oyoq kiyimlari bir umr xizmat qilishini isbotlash uchun atay eskirtirilgan kedalarni sotuvga chiqardi


Balenciaga “Paris” kedasining yangi modelini chiqardi — oyoq kiyimlarning ustki qismi mato, tagligi tekis va barmoq qismi rezinadan ishlangan, deb yozadi “Pravila jizni” nashri.

Foto: “Pravila jizni”

Kedalar kiyilgandek ko‘rinishda bo‘lishi uchun eskirgan modelda yaratilgan, go‘yoki brendning kreativ direktori Demna Gvasaliya 100 juft keda bilan uzoqroq yurib, ularni juda ham yomon — iflos, yirtilgan va eskirgan holga keltirgan. Ushbu eski Balenciaga kedalari 1850 dollarga sotiladi, odatiy “Paris” esa 625 dollarni tashkil qiladi.

Foto: “Pravila jizni”

Biroq eskirgan krossovkalar konseptual tarkibiy qismga ega: Balenciaga modalar uyi ularning poyabzali abadiy va bir umrga kiyish uchun mo‘ljallanganini ta’kidlamoqda. Eski kedalarni chindan ham kiyish mumkin: reklamadagi suratlardan farqli o‘laroq, sotuvdagi oyoq kiyimlar chirishga moyil bo‘lmaydi.

“Paris” kedalarining oddiy va eski versiyalari 2022-yil 26-may kuni sotuvga chiqariladi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!