Bosh sahifaAyollar uchunYozning jaziramasida qanday kiyinish kerak? Quyosh urishidan saqlovchi layfxaklar

Yozning jaziramasida qanday kiyinish kerak? Quyosh urishidan saqlovchi layfxaklar


Yoz fasli kirib kelishi bilan inson organizmi haddan tashqari suvsizlanadi. Hech kimga sir emaski shaharda havo harorati 40 darajadan oshishi mumkin. Havo issiq bo‘lganda jon saqlash uchun inson o‘z kiyimlariga, ovqatlanish ratsioniga va salqinlanish usullariga yaxshilab e’tibor bergani ma’qul. Ayniqsa garderobdagi kiyimlarga alohida e‘tibor berish kerak? “Noviy ochag” nashri bu borada foydali layfxaklar bilan bo‘lishdi.

Foto: “Vzglyad”

Yopiq hamda keng libos kiying

Havo isiganda ko‘pchilik ochiq kiyinishga harakat qiladi. Bu go‘yoki salqinlashga yordam beradi, deb o‘ylash tabiiy. Lekin aslida u faqat havo harorati tana haroratidan past bo‘lsagina amalga oshishi mumkin. Harorat 37 darajadan o‘tishi bilanoq, tana o‘z-o‘zidan termoregulyatsiya bilan kurashishni to‘xtatadi. Terining ochiq qolgan qismidan ajralgan ter uni sovitishga vaqt topolmay, bir zumda bug‘lanadi. Yopiq liboslar esa bunday vaqtda ajoyib yechim, chunki u terning tez bug‘lanishidan saqlaydi.

Yana bir sabab, quyoshning jaziramasi. Agar butun tana bo‘ylab SPF qo‘llangan bo‘lsa ham ter tufayli badan himoyasiz qoladi. Keng va yopiq kiyim quyosh va shafqatsiz ultrabinafsha nurlaridan asraydi. Shuning uchun jaziramada uzun ko‘ylak, etagi keng yubka va shlyapalar kiyish tavsiya etiladi.

Tabiiy va ochiq rangda kiyining

Jaziramada imkon qadar tabiiy matolardan tikilgan kiyim tanlash tavsiya etiladi. Paxta, muslin, batist, bez, zig‘ir — bu matolarning barchasi havo o‘tkazadi va namlikni darhol o‘zlashtiradi. Agar tabiiyligiga ishonchingiz komil bo‘lsa, albatta, ipak ham kiyishingiz mumkin.

Qolaversa, yoz uchun qora, to‘q yoki quyuq ranglar mos kelmaydi. Issiqda quyosh nurlarini qaytarish va kamroq isish uchun ochiq yoki oq rangli kiyim kiyish lozim.

Qatlam uslubida kiyining

Bu g‘alati tuyiladi, lekin Osiyoning milliy chopon liboslarini eslang. Qatlamli kiyim organizm va atrofdagi issiq muhit o‘rtasida me’yorni hosil qiladi. Mayka, top yoki yengil futbolka ustidan keng ko‘ylak, nimcha kiyish jaziramada isib ketishning oldini oladi.

Bosh kiyim kiying

Yengil sharf, paxta panama, shlyapa — asosiysi bosh quyosh nuri ostida qolmasligi kerak. Aks holda, boshning yuqori qismi issiqdan aziyat chekadi. Quyosh urishi jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Bosh kiyimning afzalligi shundaki, agar butunlay chidab bo‘lmas darajada issiq bo‘lsa ham, uni namlash va shu orqali salqinlash mumkin.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!