Bosh sahifaSalomatlikOvqatlanish paytida suv ichish organizm uchun zararlimi yoki foydali?

Ovqatlanish paytida suv ichish organizm uchun zararlimi yoki foydali?


Har bir inson suvning organizm uchun zarur ekanini biladi — u tana haroratini ushlab turadi, toksinlarni chiqarib tashlaydi va salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mutaxassislar ayniqsa yozda chanqoqni qondirib turishni va doimo yonda suv olib yurishni tavsiya qiladi. Biroq suvni ovqatlanish jarayonida ichish kerakmi? Grazia nashri quyida ushbu savolga javob berdi.

Foto: Grazia

Ma’lumotlarga ko‘ra, ovqat paytida suv ichmagan yaxshiroq, chunki u ovqat hazm qilish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ozuqa moddalarining so‘rilishiga xalaqit berishi va shishga olib kelishi mumkin. Biroq bu qarash haqiqat emas, balki yanglish fikrdir.

Gastroenterologlarning ta’kidlashicha, ovqat bilan suv ichish mutlaqo xavfsizdir. Suv va boshqa suyuqliklar ovqat hazm qilishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ozuqa moddalarining so‘rilishini rag‘batlantiradi, shuningdek, ichaklar bilan bog‘liq muammolarning oldini oladi. Agar ovqatlanish jarayonida ko‘proq suv ichilsa, ortiqcha ovqatlanishning oldi olinadi, chunki organizm o‘zini tezroq to‘q his qiladi.

Agar bir vaqtning o‘zida suv ichish va ovqatlanish zararli bo‘lganida, sho‘rvalar foydali taom hisoblanmas edi. Ular organizm holatini yaxshilagani uchun, biz bir stakan suv zarar keltirmaydi degan xulosaga kelish mumkin. Asosiysi, suvni kichik qultumlarda ichish lozim.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!