Bosh sahifaGoʼzallikKoreys ayollarining go‘zallik sirlari: yosh ko‘rinishga yordam beradigan 5 ta odat

Koreys ayollarining go‘zallik sirlari: yosh ko‘rinishga yordam beradigan 5 ta odat


Koreyalik ayollar ko‘pincha o‘z yoshidan yoshroq ko‘rinadi. Buning uchun plastik jarrohlik va boshqa operatsiyalarni o‘tkazish shart emas. Shunchaki beshta odatga amal qilib, natijaga erishish mumkin.

Foto: “Profile.ru”

Probiotiklarga boy ovqatlar iste’mol qiling

Koreys ayollari ichak florasini muvozanatlash uchun kundalik ratsioniga kimchi kabi probiotiklarni qo‘shib, butun organizmni sog‘lom saqlaydi. Probiotiklar va sog‘lom ichak qarishning dastlabki belgilari — ajinlarni keltirib chiqaradigan yallig‘lanish bilan kurashadi. Ichak florasining nomutanosibligining sabablaridan biri shakar va spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdir. “Fermentlangan ovqatlar mukammal antioksidant va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega”, — deydi doktor Kreyg Kraffert.

Bo‘yin terisini himoya qiling

Yuz terisini parvarish qilish tartibini ham bo‘yinga qo‘llash kerak. Shuningdek, bo‘yinga ham namlantiruvchi va zararli ultrabinafsha nurlaridan himoyalovchi krem surtish muhim. Agar bu sohaga yetarlicha g‘amxo‘rlik qilinmasa, u qarishni boshlaydi. Teriga tez ajin tushadi va rangi xiralashadi.

Terini to‘g‘ri parvarishlash

Koreys ayollariga ko‘ra, yotishdan oldin eng muhim qadam — yuzdan makiyaj va boshqa “kirlarni” olib tashlashdir. Issiq suv yordamida dushda yuzni yuvish shart emas, ozgina iliq yoki sovuq suv yetarli. Tozalash uchun tarkibida agressiv moddalar, spirt va SLS bo‘lgan mahsulotlardan foydalanmaslik kerak, ayniqsa teri sezgir bo‘lsa. Tozalashdan keyin yuzni namlash tavsiya etiladi.

Terini quyosh nurlaridan himoya qiling

Quyosh nurlari teriga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ajin va dog‘lar tushishiga olib keladi. Shuning uchun koreys ayollari yoshligidan teriga SPF qo‘llaydi va ulardan har kuni foydalanadi. Kosmetikada SPF bo‘lsa ham, makiyajdan oldin keng spektrli quyosh kremini alohida surtgan ma’qul, deb yozadi SoulStory.

Trubochka bilan ichmang

Tez-tez takrorlanadigan mushaklar harakati terida chiziqlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Agar tez-tez trubochka orqali suyuqlik ichilsa, vaqt o‘tishi bilan og‘iz atrofida ajinlar paydo bo‘ladi.

Janubiy Koreya aholisi kuniga bir necha soatlarini o‘zlariga qarashga sarflashadi. Kosmetologlarning ta’kidlashicha, bu jarayonga ehtiyotkorlik bilan yondashiladi va ajoyib natijalarga erishiladi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!