Bosh sahifaMaslahatlarMurakkab tozalash ishlarini tezroq amalga oshirishga yordam beradigan oddiy layfxaklar

Murakkab tozalash ishlarini tezroq amalga oshirishga yordam beradigan oddiy layfxaklar


Tozalash — qiyin hamda takroriy jarayon. Har kuni shunchaki chang artishdan boshlangan ish boshqalariga ulanib, umumiy tozalashga aylanib ketadi. Beixtiyor butun kun tozalash bilan o‘tib ketadi. “Noviy ochag” nashri uy yumushlarini biroz osonlashtiradigan layfxaklar bilan bo‘lishdi.

Foto: “Noviy ochag”

Rolik, skotch va gubka

Ba’zida junli kiyimlar yoki hayvonlarning tuklari mebellarga yopishib qolgandek tuyiladi va uni tozalash juda qiyin. Agar uyda kiyim uchun yopishqoq rolik bo‘lmasa, unda oddiy skotch yoki idish-tovoq uchun gubka suv bilan namlanganda tozalashga yordam beradi.

Skotch izlari va dog‘lar uchun chaqaloqlarga mo‘ljallangan yog‘

Yorliqlardan qolgan yopishqoq skotch yoki yelim izlari har qanday odamning g‘ashiga tegishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, ular oddiy chaqaloq yog‘i bilan mukammal tarzda tozalanadi.

Oyoq kiyimlarini yuvishda eski sochiqlar

Agar krossovkalarni tozalash kerak bo‘lsa, ushbu layfxak ayni muddao: bir nechta eski sochiq bilan birga ularni yuvish kerak. Shunda oyoq kiyimlar kir mashina barabaniga urilmaydi va yaxshiroq tozalanadi.

Dog‘larga qarshi vosita — kir yuvish sovuni

Bu bir nechta tajribada sinovdan o‘tgan, hatto katta dog‘larni ketkazishda ham yordam beradi. Shunchaki kerakli joy namlanadi, kir sovun dog‘ ustiga qo‘llanadi va yarim soatga qoldiriladi. Keyin sovun chayilmasdan, kir mashinasida yuviladi.

Eski tish cho‘tkasini tashlamang

Hammomdagi kafellar orasida, burchaklar, chuqurchalar va boshqa joylarni tozalash odatda juda qiyin. Bunday holatlar uchun eski tish cho‘tkasi ayni muddao. U hamma joyga yetib boradi.

Xokandoz uchun skotch

Xokandoz qanchalik yerga bosilmasin, chiqindilarning qoldiqlarini supurib tashlash har doim qiyin. Ma’lum bo‘lishicha, bu jarayonni sezilarli darajada tezlashtirish mumkin: shunchaki skotch xokandozga yopishtiriladi. Hech qanday bo‘shliq qolmay, barcha chiqindi xavfsiz tarzda xokandozga tushadi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!