Bosh sahifaGoʼzallikKushon qanday mahsulot va undan qanday foydalanish kerak?

Kushon qanday mahsulot va undan qanday foydalanish kerak?


Koreyada har olti soniyada bitta kushon mahsuloti sotiladi va koreys ayollarining uchdan biridan ko‘prog‘i ushbu mahsulotni tom ma’noda yaxshi ko‘radi. Marie Claire kushon qanday mahsulot va nima uchun uni kosmetik sumkada bo‘lishi kerakligini ma’lum qildi.

Foto: Marie Claire

Bu so‘zning o‘zi fransuz tilidan “yostiq” deb tarjima qilingan. Mahsulotning ichida har doim rumyanali konsiler va sponj mavjud. Aplikator bilan sponj bosilganda, undan kerak bo‘lgan mahsulot chiqariladi — ko‘p ham, kam ham emas. Shuning uchun qo‘llar butunlay tozaligicha qoladi, chunki barmoqlar mahsulotga tegmaydi, u o‘z tozaligini saqlab qoladi va bakteriya hamda mikroorganizmlardan to‘liq himoyalanadi.

Kushonni nima uchun yaxshi ko‘rishadi?

Bu qulaylikni qadrlaydigan va doimiy harakatda yashaydiganlar uchun haqiqiy topilma. Kushon — shunchalik ixchamki, ular hatto klatchga ham osongina joylash mumkin. Shuningdek, qo‘ldan tushib ketganda ham sinib yoki to‘kilib ketmaydi. Bundan tashqari, undan har qanday joyda foydalanish mumkin.

Bu makiyajda yurishga odatlanganlar uchun juda qulay mahsulot. Istalgan ko‘rinishga kelmaguncha, uni qayta-qayta qo‘llash mumkin. Shunday qilib, vaziyatni nazorat qilish butunlay o‘z qo‘lingizda. Aytgancha, bu vositaga keyinchalik cho‘tka yoki byuti-blenderi bilan ishlov berish mumkin, agar bunda uchinchi tomon aralashuvi kerak bo‘lsa.

Agar kun davomida terini yaxshi namlantirish kerak bo‘lsa, kushon buning uchun ayni muddao. Kukundan farqli o‘laroq, u terini umuman quritmaydi va, qoida tariqasida, kompozitsiyada ko‘plab namlovchi modda va suyuqlik topish mumkin. Bundan tashqari, ushbu mahsulotlarning aksariyati quyoshdan himoya qilishni kuchaytirish uchun SPFli tarkibga ega.

Kushon mahsuloti har doim tabiiy ko‘rinadi va yuzda “niqob” effektini yaratmaydi. Hatto bunday vositani birinchi marta qo‘llaganlarda ham yuz terisida muammoli joylar qolmaydi.

Kushon faqatgina tonal vosita emas. Bugungi kunda u ko‘z, lab va hatto yonoqlar uchun mahsulotlarni o‘z ichiga oladi. Ular yumshoq tyubiklarda bo‘lib, qo‘l tegishidan himoya qiladigan va mahsulot miqdorini to‘g‘ri dozalash uchun yanada qattiqroq gubkani o‘z ichiga oladi. Mahsulotning maxsus gubka yordamida yuz terisiga surtish yanada oson.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!