Bosh sahifaGoʼzallikTurk ayollarining teri chiroyi va yoshligini saqlashga yordam beradigan 7 ta go‘zallik siri

Turk ayollarining teri chiroyi va yoshligini saqlashga yordam beradigan 7 ta go‘zallik siri


Turk seriallari so‘nggi bir necha oy ichida internetni egallab oldi. Albatta, bosh qahramonlarning boshidan o‘tganlari hammaga qiziq, lekin turk ayollarining go‘zalligi alohida hayratga munosib. Turk ayollarining doimo diqqat markazda bo‘lishiga yordam beradigan go‘zallik sirlari haqida gaplashamiz.

Tonik o‘rniga atirgul va lavanda suvi

Foto: Grazia

Atirgul va lavanda suvining kosmetik maqsadlarda samaradorligi isbotlanmagan bo‘lsa-da, turk ayollari o‘jarlik bilan bu mahsulotlardan foydalanishda davom etmoqda. Albatta, ular bilan qarishga qarshi ta’sirga erishish mumkin emas, ammo teriga yorqin ko‘rinish berish mumkin. Tonikni ertalab yuzingizga paxta diski yordamida surting: natija uzoq kuttirmaydi.

Pigmentatsiya uchun kosmetik sirka

Foto: Grazia

Yuz uchun kosmetik sirka turk ayollarining yuzni parvarish qilishda ajralmas qism hisoblanadi. Quyosh nuri tufayli yuzaga keladigan dog‘lar Turkiyada keng tarqalgan muammoga aylangan. Kosmetik sirka esa teri ranginini yaxshilaydi, pigmentatsiyani deyarli bartaraf etadi

Bundan tashqari, ushbu vosita antiseptik ta’sirga ega, shuning uchun akne bilan kurashishga yordam beradi.

Aknega qarshi qora sedana yog‘i

Foto: Grazia

Ma’lum bo‘lishicha, Turkiya bozorlarida ziravorlarning ko‘pligi har doim ham pazandachilik ishqibozlari uchun mo‘ljallanmagan. Uyda tayyorlanishi mumkin bo‘lgan teri parvarishlash mahsulotlari uchun retseptlar yetarlicha. Misol uchun, turk ayollari odatda qora sedana yog‘ini tanlaydilar: uning tarkibida vitaminlar, fosfolipidlar va fermentlar mavjud bo‘lib, ular yog‘li yuzlar uchun ayniqsa muhimdir. Shuning uchun, ular tarkibida qora sedana yog‘i bo‘lgan niqoblar yordamida yuzidagi yallig‘lanishdan xalos bo‘lishadi.

Og‘ir makiyajdan keyin yuz terisi tozalanishi va dam olishi kerak. Turk ayollaridan go‘zallik maslahati: yuzingizni bir tomchi argan yog‘i bilan massaj qiling. Ushbu protsedura yuz teshiklarni tozalaydi, argan yog‘i esa terini oziqlantiradi va tezroq tiklanishiga yordam beradi.

Ushbu massajni haftada bir necha marta (teri turiga qarab) bajarish mumkin.

Hammom

Foto: Grazia

Ma'lumki, barcha kasalliklar stress tufayli yuzaga keladi. Ajinlar ham xuddi shunday. Dam olish va xotirjamlikni tiklash uchun turk ayollari muntazam ravishda hammomga - turk hammomiga tashrif buyurishadi. Hammomdagi harorat va namlik nisbati hujayra yangilanishini tezlashtirishga yordam beradi va teshiklarni muloyimlik bilan tozalashga yordam beradi. Bunday muolajadan keyin teringiz yumshoq va silliq bo‘ladi.

Sovunli massaj

Foto: Grazia

Sovunli massaj hammomdagi eng muhim protsedura hisoblanadi. U maxsus qo‘lqop va sovunli eritma yordamida amalga oshiriladi. Ushbu protsedura bosimni yengillashtiradi va stress bilan kurashishga yordam beradi, tanani yashartiradi.

Bodomdan qarishga qarshi niqob

Foto: Grazia

Bodom yog‘iga asoslangan niqoblar har bir turk ayolining go‘zallik arsenalidagi asosiy vositadir. Birinchidan, bodom niqoblari oziqlantiruvchi xususiyatlarga ega va birinchi qo‘llashdan keyin terini silliqlaydi. Ikkinchidan, muntazam ravishda ishlatish chuqur namlanishga yordam beradi: bir oydan keyin yuz terisining elastik bo‘lganini sezasiz.

Ajinlarga qarshi yogurtli krem

Foto: Grazia

Yogurt Turkiyada shu qadar mashhurki, u hatto terini parvarish qilishda ham qo‘llaniladi. Terini silliq qilish uchun ayollar yangi yogurtga bir necha tomchi limon sharbati yoki zaytun moyi qo‘shib, tungi krem ​​o‘rnida foydalanadi. Ushbu oddiy retsept teri qarishining birinchi belgilariga qarshi kurashda asosiy yordamchi hisoblanadi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!