Bosh sahifaFarzandBolaga qaysi rezavor mevalarni berish mumkin?

Bolaga qaysi rezavor mevalarni berish mumkin?


Ko‘pchilik ota-onalarni rezavor mevalar bolaga necha yoshdan boshlab berilishi yoki ularga qaysi rezavor mevalarni berish mumkin degan savollar qiziqtiradi.

Foto: Depositphotos

Biz sizning e’tiboringizga go‘dak uchun qaysi rezavor mevalar foydaliroq ekanligi haqida ba’zi ma’lumotlarni havola qilmoqchimiz.

Qora qorag‘at (smorodina) – vitaminlar va mikroelementlar: C vitamini, kaliy va temir, foliy kislotasining koni hisoblanadi.

Smorodinadan bolalar uchun alohida shirinlik sifatida foydalanish, murabbo, kompot va morslarga qo‘shish mumkin.

Bu foydali rezavor mevani muzlatish, duxovkada yoki ochiq havoda quritish mumkin.

Qulupnay – tarkibidagi karotin moddasi tufayli ko‘rish qobiliyatini mustahkamlovchi vosita hisoblanadi.

Qulupnay organik kislotalar, bolalar uchun vitaminlar va mikroelementlarga juda boy. Lekin uning yuqori allergiya qo‘zg‘atuvchanlik xususiyati haqida unutmang – qulupnay bolalarning ovqatlanish ratsioniga bir yoshdan keyin va asta-sekinlik bilan kiritiladi.

Klyukva kalsiy, C vitamini va organik kislotalarga boy. Bu rezavor meva mikroblar bilan kurashishning samarali vositasi hisoblanadi va me’da buzilishida yordam beradi.

Malina ko‘plab shifobaxsh xususiyatlarga ega: isitmani tushuruvchi, shamollashga qarshi, ter haydovchi. Malina me’da va ichak kasalliklarida, shuningdek oziq-ovqat allergiyalarida tavsiya qilinmaydi.

Qulupnay, chernika va malinani maxsus idishlarda sovutgichda saqlang. Maymunjonni esa qopqoqsiz idishda saqlang.

Rezavor meva hisoblanuvchi anorning tarkibi ham vitaminlar, organik kislotalar va teri oshlovchi moddalardan iborat.

Uning sharbati ishtahani ochadi va ichni qotiruvchi xususiyatga ega. Shuning uchun uni ichi qotadigan yoki ortiqcha vaznli bolalarga berish tavsiya qilinmaydi.

Bolaga qaysi rezavor mevalarni berish mumkin?

Birinchi navbatda, eti yumshoq mevalarni tanlash kerak. Bu sariq gilos, gilos, irga. Mevalarni unchalik katta bo‘lmagan porsiyalarda bering. Qulupnay va malinani esa bola bir yoshga to‘lganidan keyin, asosiy mevalarni tatib ko‘rganidan keyingina berish mumkin.

Manba: “Deti.mail.ru”

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!