Bosh sahifaMaslahatlarKichrayib qolgan kiyimlarni avvalgi o‘lchamiga qaytarishda asqatadigan layfxaklar 

Kichrayib qolgan kiyimlarni avvalgi o‘lchamiga qaytarishda asqatadigan layfxaklar 


Yuvish va quritishdan keyin kiyim kichrayishi, ya’ni hajmi kamayishi juda kam uchraydi. Ammo zaruriy yuvish rejimining buzilishi (juda issiq suv, mos bo‘lmagan yuvish vositalaridan foydalanish) tufayli ushbu holat yuzaga keladi. Bunday kiyimning omadsiz egalari yorliqdagi kerakli ma’lumotlarni o‘qimaganidan afsusda bo‘lishi mumkin. Lekin Wday nashri ularni avvalgi holga keltirishga yordam beradigan layfxaklar bilan bo‘lishdi.

Foto: Wday

Bunday vaqtda sovuq suv yordam beradi!

Sizga kerak bo‘ladi:

  • tog‘ora;
  • sovuq suv;
  • katta toza sochiq;
  • doka;
  • dazmol;
  • vodorod perekis.
Hajmi sezilarli darajada kichraygan trikotaj buyumni qanday o‘z holiga qaytarish mumkin? Kiyim sovuq suvli to‘ldirilgan tog‘oraga solinadi, keyin biroz siqib olinadi. Juda qattiq siqish shart emas. Suvi tomchilab tugagandan so‘ng katta, toza sochiq bilan qoplangan tekis, gorizontal yuzaga qo‘yiladi va quritiladi.

Qoida tariqasida, bunday oddiy, ammo samarali texnika ko‘p hollarda yordam beradi. Shuning uchun ruxsat etilgan yuvish rejimlariga qat’iy rioya qilishni unutmaslik kerak.

Agar kiyim biroz kichraygan bo‘lsa, uni asl shakliga qaytarish oson. Katta doka bo‘lagi ho‘llanadi, u ozgina siqib olinadi va dazmol taxtasiga qo‘yiladi. Kichraygan kiyim doka ustiga yoyilib, issiq dazmol bilan yaxshilab dazmollanadi. Bug‘ ko‘tarilib, matodan o‘tadi va uning tolalarini biroz kengaytiradi. Qisqargan kiyim yana o‘zining asl o‘lchamiga qaytadi.

Agar djinsi kichraygan bo‘lsa, nima qilish kerak?

Kir yuvish kukuni bilan yuvilgandan so‘ng har qanday djinsi kichrayadi. Shuning uchun uni minimallashtirish va osongina tuzatish uchun ushbu qoidalarga amal qilish lozim. Birinchidan, djinsilar iliq suvda yuviladi.

Uning harorati 40 darajadan oshmasligi maqsadga muvofiqdir. Ikkinchidan, ularni uzoq vaqt yuvmaslik kerak. Agar ular qattiq ifloslangan bo‘lsa ham, 30 daqiqalik yuvish yetarli. Keyin ularni kengaytirish ancha oson bo‘ladi. Kir yuvish mashinasida ularni yuvish mumkin, lekin buni to‘g‘ri bajarish kerak, ya’ni harorat rejimiga rioya qilish kerak.

Yuvib, siqilgandan so‘ng nam djinsi dazmol taxtasiga qo‘yiladi va issiq dazmol bilan yaxshilab bug‘lab dazmol qilinadi. Vaqti-vaqti bilan ularni uzunligi va kengligi bo‘yicha cho‘ziladi va dazmollashda davom etiladi.

Djinsilar deyarli asl shakliga qaytganda dazmollashni to‘xtatib, butunlay quriguncha kutiladi. Kiyilgach esa uzog‘i bilan yarim soat ichida o‘z holiga qaytadi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!