Bosh sahifaMaslahatlarMuzlatkichda saqlash tavsiya etilmaydigan 15 ta mahsulot

Muzlatkichda saqlash tavsiya etilmaydigan 15 ta mahsulot


Muzlatkichlar xonadonlarda ilk bor 1913-yilda paydo bo‘lgan, oradan shuncha vaqt o‘tishiga qaramay, ba’zi odamlar hali ham undan to‘g‘ri foydalanishni bilmaydi. Aksariyat insonlar unda xona haroratida qolishi kerak bo‘lgan mahsulotlarni ham saqlaydi, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: “Noviy ochag”

Avokado

Oddiy sharoitda saqlansa, yanada yaxshiroq pishadi.

Rayhon, petrushka, kinza

Ko‘katlarni gullar kabi suvli idishga solib qo‘yish tavsiya etiladi.

Bulg‘ori qalampiri

Sovutkichda elastiklikni yo‘qotadi.

Bodring

Muzlatkichda bodringning yanada suvi ko‘payadi. Agar ularni muzlatkichda saqlamoqchi bo‘lsangiz, quruq plastik idishga solish lozim.

Konservalangan mahsulotlar

Tuzlangan bodring, pomidor va boshqa sabzavotlar konservalangan bo‘lsa, ularni shkafda saqlash mumkin.

Piyoz va sarimsoq

Muzlatkichda ular namlikni yutadi va bu sifatiga ta’sir qiladi. Ular quruq, qorong‘i joyda saqlanishi kerak, lekin yopiq idishda yoki kartoshka yaqinida emas.

Kartoshka

Kartoshkani muzlatkichda emas, balki quruq va qorong‘i joyda, qog‘oz qoplar ichida saqlash tavsiya etiladi.

Bananlar

Ularning yanada yaxshiroq pishishi uchun xona haroratida saqlash lozim.

Rezavorlar

Ularning ta’mini o‘zgartirmaslik uchun quruq, qorong‘i joyda saqlagan yaxshiroq.

Sitruslar

Alohida idishda saqlash va shikastlanganlarni darhol ajratib olish kerak.

Souslar

Issiq souslar, soya va ketchup xona haroratida bir oygacha saqlanishi mumkin. Iste’mol qilinmagandagina muzlatkichga qo‘yish tavsiya etiladi.

Yong‘oq moyi

Muzlatkichdan tashqarida uch oygacha saqlash mumkin.

Asal

Agar asalga qo‘shimchalar qo‘shilmagan bo‘lsa, u muzlatkichdan tashqarida ham uzoq vaqt qolishi mumkin.

Shokolad va qahva

Maksimal lazzatlanish uchun ularni qorong‘i, iliq joyda saqlash lozim.

Baqlajon

Ular eng yaxshi xona haroratida bir necha kun davomida saqlanadi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!