Bosh sahifaSalomatlikTish pastasi tirnoqlar holatini yaxshilashi rostmi?

Tish pastasi tirnoqlar holatini yaxshilashi rostmi?


Odatda ayollar tish pastasidan boshqa maqsadlarda ham foydalanadi. Ba’zilar iloji boricha tezroq qutilish umidida uni husnbuzar toshganda qo‘llaydi. Biroq mutaxassislar ushbu usulidan foydalanishni maslahat bermaydi, chunki vosita yallig‘langan joylarga salbiy ta’sir qiladi. Ammo yaqinda yangi go‘zallik konsepsiyasi paydo bo‘ldi, unga rioya qilganlar tish pastasi tirnoqlarning holatini yaxshilashiga ishonmoqda. Haqiqatan ham shundaymi? Grazia nashri ushbu savolga javob izladi.

Foto: Legion Media

Ayollar tirnoq plastinkasiga oddiy tish pastasini qo‘llaydi va 2-3 daqiqadan so‘ng uni iliq suv bilan yuvib tashlaydi. Ushbu protsedura go‘yo tirnoqlarning o‘sishini tezlashtiradi va ularni mustahkamlaydi. Hozirgi vaqtda ushbu ma’lumotni tasdiqlovchi ilmiy tadqiqotlar mavjud emas, ammo mutaxassislar pasta tarkibini tahlil qilib, ushbu vosita chindan ham foydali bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.

Foto: Legion Media

Ba’zi tish pastalarida iste’mol sodasi mavjud bo‘lib, u nafaqat tishlarni, balki tirnoqlarni ham samarali oqartiradi. Bundan tashqari, tirnoq atrofida qolgan har qanday lakni olib tashlashga yordam beradi. Ammo teri ta’sirchan bo‘lsa, unda tajriba o‘tkazmaslik va maxsus vositadan foydalanmagan yaxshiroq, chunki qizarish va achishish hissi paydo bo‘lishi mumkin.

Tish pastasida kalsiy, ba’zilarida esa kremniy dioksidi mavjud bo‘lib, ikkalasi ham tirnoqlarning salomatligi va o‘sishiga hissa qo‘shadi. Shunga qaramay, mutaxassislar tirnoqlar uchun maxsus mo‘ljallangan go‘zallik vositalaridan foydalanishni tavsiya etadi. Ammo ushbu g‘ayrioddiy protsedurani sinab ko‘rishga qaror qilsangiz, o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatib boring. Agar noqulaylik tug‘ilsa, darhol tish pastasini yuvib tashlash kerak.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!